Jahon | 09:52 / 04.08.2017
5679
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda NATO soqchilar otryadiga hujum uyushtirildi

Foto: RIA "Novosti"

NATOning “Qat'iy qo‘llab-quvvatlov” missiyasining xabar berishicha, Afg‘onistonda koalitsiyaning kuzatib boruvchi soqchilar otryadiga hujum uyushtirilgan. Buning oqibatida alyansning bir harbiy xizmatchisi halok bo‘ldi, yana olti kishi jarohat oldi.

Terrorchi xudkushning hujumi Amerikaning Bagrom aviabazasiga yaqin yerda yuz bergan. Hodisa natijasida koalitsiyaning bir askari hayot bilan vidolashdi.

Bundan tashqari, besh harbiy xizmatchi va bir tarjimon turli jarohatlar olgan.

Avvalroq Tramp AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondonini ishdan haydashni talab qilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid