Jahon | 10:02 / 04.08.2017
4544
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyani taniqli blogerning qatl etilishida aybladi

Suriya hukumati mahalliy faol Bosil Xartabilni qatl etdi, deb xabar bermoqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati.

«Qo‘shma Shtatlar suriyalik bloger va faol Bosil Xartabil Suriya rejimi tomonidan qatl qilingani haqidagi xabarlardan chuqur qayg‘uda. Biz uning oilasi, do‘stlari va yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etamiz», - deyiladi davlat departamenti rasmiy vakili Hezer Nauertning bayonotida.

Uning ta'kidlashicha, AQSh Suriya rejimi qiynoqqa solish va suddan tashqari qatl amaliyotini to‘xtatmayotganidan juda g‘azabda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid