Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik baliq bozorida yong‘in yuz berdi
Yaponiya politsiyachi va o‘t o‘chiruvchilari dunyodagi eng yirik baliq bozori Tsukidzi vayronalarini tozalashni boshlashdi. Bozor hududida yong‘in yuz berdi, deb xabar qilmoqda NHK telekanali.
Yong‘in 3 avgust tungi soatlarda yuz bergan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi, biroq bozorning 935 kvadrat metrlik hududi vayronaga aylandi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, yong‘in tufayli yettita bino zarar ko‘rgan. Shu bilan birga, olovni to‘liq o‘chirish uchun taxminan 15 soat vaqt ketgan.
O‘t o‘chirish xizmatlari voqeaga nima sabab bo‘lganini hozircha aniqlay olishmadi, ayni damda bu borada surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.
Tokio gubernatori Yuriko Koikening ta'kidlashicha, bozorning yoshi va uning kuchli zilzilalarga bardosh berish darajasining pastligi hududni qayta qurish kerakligidan dalolat beradi.
Tokioda 80 yil avval tashkil etilgan baliq bozorini har yili o‘n minglab kishilar kelib ko‘radi. U sayyohlar orasidagi eng mashhur joylardan biri sanaladi.
Mavzuga oid
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
10:59 / 13.06.2026
Yakkasaroyda ko‘p qavatli uy fasadida yong‘in sodir bo‘ldi
08:43 / 11.06.2026