Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday asoslarga ko‘ra rejali tekshiruv o‘tkazilishida tashabbus ko‘rsatiladi?
QHTBT portalida tadbirkorlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish to‘g‘risidagi qonunchilikka tuzatishlar loyihalari e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Norma.uz.
Bugungi kunda moliyaviy va soliq hisobotlari va soliq organida mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlarni o‘rganish va tahlil etish asosida o‘tkazilgan kameral nazorat natijalari bo‘yicha huquqbuzarliklar aniqlanganda soliq organlari tadbirkorlik sub'yektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatining tekshirilishida tashabbus ko‘rsatishlari mumkin. Mazkur tartibga aniqlashtirish taklif etiladi.
Loyihaga binoan tekshiruv bilan qamrab olinadigan davrda o‘tkazilgan kameral nazorat yakunlariga ko‘ra 2 va undan ortiq soliqqa oid huquqbuzarliklar aniqlangan, shuningdek quyidagi asoslardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda tadbirkorlik sub'yektini tekshirishda tashabbus ko‘rsatish mumkin:
• tekshirilayotgan davr mobaynida soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganlik uchun penya hisoblab yozish;
• soliq tekshiruvi bilan qamrab olingan davrda soliq solishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash huquqini beruvchi xodimlarning soni bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarga bir necha bor yaqinlashish;
• soliq tekshiruvi bilan qamrab olinadigan bir nechta soliq davrlarining zarar bilan yakunlanishi;
• bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalar vaqtinchalik to‘xtatib turilganidan keyin (5 bank kunigacha bo‘lgan muddatda) kirim hujjatlarini rasmiylashtirmagan holda tovar (ish, xizmat)larni sotgan tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan aniqlangan soliqqa oid huquqbuzarliklarning bartaraf etilmasligi yoki mazkur soliqqa oid huquqbuzarliklarni qayta sodir etish;
• soliq tekshiruvi bilan qamrab olingan davr ichida tadbirkorlik sub'yekti joylashgan joyining bir necha marotaba o‘zgartirilishi.
Bundan tashqari, ularga nisbatan soliq monitoringi rejimi amal qilayotgan tadbirkorlik sub'yektlari tekshirishlar reja-jadvaliga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, soliq nazoratining zamonaviy shakli bo‘lgan soliq monitoringining joriy qilinishi Prezidentning yaqinda e'lon qilingan 18.07.2017 yildagi PF-5116-son Farmonida ko‘zda tutilgan.
Quyidagilar mazkur qoidadan istisno hisoblanadi:
• soliq monitoringi qo‘llanilgan davr uchun avval taqdim etilgan soliq hisobotlariga nisbatan soliqlar va majburiy to‘lovlar summasi kamaytirilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilishi;
• yuqori turuvchi soliq organi tomonidan hududiy soliq organlari ishi ustidan nazorat qilinishi chog‘ida soliq monitoringi qo‘llanilgan tadbirkorlik sub'yekti faoliyatida huquqbuzarliklar aniqlanganda;
• soliq monitoringi amal qilishining muddatidan oldin to‘xtatilishi;
• soliq organining soliq monitoringi chog‘ida aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo‘yicha asoslangan talabini soliq to‘lovchi tomonidan bajarilmasligi.
Quyidagi qonun hujjatlariga: Soliq kodeksi, «Xo‘jalik sub'yektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida»gi va «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlar, shuningdek ayrim qonunosti hujjatlariga tegishli tuzatishlar kiritilmoqda.
Loyihalar o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:30 / 09.06.2026
Buxorodagi tergov hibsxonasi xodimlariga nisbatan tekshiruv harakatlari boshlandi
13:37 / 02.06.2026
Kimyo sanoatida 2,8 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshiriladi
18:15 / 05.05.2026
O‘zbekistonda Visa-kartani qayerda va qanday ochish mumkin?
11:21 / 20.04.2026