Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanida “pasportchi” firibgar qo‘lga olindi
Joriy yilning 2 avgust kuni Mirobod tuman IIB HPB tayanch punkti profilaktika inspektorlari tomonidan pasportini biometrik pasportga almashtirish va voyaga yetmagan Koreya davlatida tug‘ilgan qiziga O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berishini va'da qilib, 250 AQSh dollarini olgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mirobod tumanida 2 avgust kuni soat 21.40da, 2016 yilning aprel oyidan 2017 yilning 6 yanvariga qadar vaqt oralig‘ida, Oqyo‘l ko‘chasida, 1980 yilda tug‘ilgan, Shayxontohur tumani, Mash'al ko‘chasida yashovchi A.B., 1991 yilda tug‘ilgan, M.Ulug‘bek tumani, A.Yugnakiy dahasida yashovchi G‘.N.iga pasportini biometrik pasportiga almashtirish va uni voyaga yetmagan Koreya davlatida 2014 yilda tug‘ilgan qiziga O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirib berishini va'da berib, 250 AQSh dollarini olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganligi aniqlandi.
Mirobod tuman IIB tomonidan fuqaro A.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atildi.
Mavzuga oid
23:05 / 14.03.2026
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
09:08 / 14.03.2026
Lahor–Toshkent yo‘nalishidagi ilk yuk reysi 17 tonna go‘sht olib keldi
22:31 / 13.03.2026
Toshkentdagi tirbandlik sabab avtobuslar intervali 45 daqiqagacha uzaymoqda – Transport bosh boshqarmasi
22:21 / 12.03.2026