Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston iqtisodiyoti birinchi yarim yillikda 7 foizga o‘sdi
2017 yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 7 foizga o‘sdi – 102,7 trln so‘mdan ortiqqa.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilning yanvar-iyunida sanoat mahsulotini ishlab chiqarish hajmi 64,99 trln so‘mni tashkil qildi, bu 2016 yilning shu davri bilan solishtirganda 7,6 foizga ko‘p.
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarish darajasi hisobot davrida 5,8 foizga o‘sdi – 24,05 trln so‘mga.
O‘zbekistonda hisobot davrida 16,31 trln so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. 2016 yilning shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 8,7 foizni tashkil etgan.
2017 yilning yanvar-iyunida chakana savdo aylanmasi 11,1 foizga o‘sdi va 49,75 trln. so‘mni tashkil qildi. Ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 48,83 trln. so‘mga yetdi, bu 2016 yilning ushbu davridagi ko‘rsatkichdan 11,6 foizga ko‘proq.
Mavzuga oid
12:32 / 03.07.2026
Hunarmandlar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda
10:50 / 03.07.2026
O‘zbekistonda ayollar umr ko‘rish bo‘yicha erkaklardan oldinda
10:49 / 30.06.2026
Ro‘yxatga olish natijasida O‘zbekiston aholisi soni 39 milliondan oshiq ekani ma’lum bo‘ldi
09:05 / 29.06.2026