Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Josuslar yangi avlod Infiniti QX50 intererining suratlarini qo‘lga kiritishdi
Paultang nashri yangi avlod Infiniti QX50 sinov prototipining saloni suratini e'lon qildi. Avtomobil tashqi ko‘rinishi niqoblangan bo‘lib, biroq suratda yangi avtomobilning intereriga doir tasavvur hosil qilish mumkin.
Suratdan ko‘rish mumkinki, yangi model markaziy konsoli Q50 krossoveri uslubida tayyorlanadi: ikkita ekran, havo aylanish tizimi deflektorlari (Mercedes-Benz yo‘ltanlamaslarinikiga o‘xshaydi). Bundan tashqari, uzatmalar qutisining yangi, belgilanmagan elektron dastagi paydo bo‘ladi.
Yo‘ltanlamas tashqi ko‘rinishi shu yil yanvar oyida Detroyt motorshousida namoyish qilingan QX50 kontsept kari uslubida ishlab chiqiladi.
O‘shanda, Infiniti kompaniyasi yangi kontsept bilan birga yangi benzinli dvigatelni namoyish qilgan edi. Uning o‘ziga xosligi siqish darajasi o‘zgarib turishligidadir. 2.0 litrli motor 272 ot kuchini beradi. U yangi avlod QX50 krossoveriga o‘rnatilishi mumkin. Yangi QX50 kelasi yildan dilerlarga yetkazib beriladi.





Mavzuga oid
22:19 / 05.10.2025
2025 yilning eng ishonchli va ishonchsiz avtomobillari aniqlandi
11:05 / 12.08.2025
Peugeot 2008 GT Exclusive sotuvi boshlandi
17:58 / 01.09.2023
Santa Fe’dan Traverse’gacha - dunyo avtomobil bozorida taqdim etilgan so‘nggi krossoverlar
11:17 / 13.07.2023