Paultang naşri yangi avlod Infiniti QX50 sinov prototipining saloni suratini e'lon qildi. Avtomobil taşqi körinişi niqoblangan bölib, biroq suratda yangi avtomobilning intereriga doir tasavvur hosil qiliş mumkin. 

Suratdan köriş mumkinki, yangi model markaziy konsoli Q50 krossoveri uslubida tayyorlanadi: ikkita ekran, havo aylaniş tizimi deflektorlari (Mercedes-Benz yöltanlamaslarinikiga öxşaydi). Bundan taşqari, uzatmalar qutisining yangi, belgilanmagan elektron dastagi paydo böladi. 

Yöltanlamas taşqi körinişi şu yil yanvar oyida Detroyt motorşousida namoyiş qilingan QX50 kontsept kari uslubida işlab çiqiladi. 

Öşanda, Infiniti kompaniyasi yangi kontsept bilan birga yangi benzinli dvigatelni namoyiş qilgan edi. Uning öziga xosligi siqiş darajasi özgarib turişligidadir. 2.0 litrli motor 272 ot kuçini beradi. U yangi avlod QX50 krossoveriga örnatilişi mumkin. Yangi QX50 kelasi yildan dilerlarga yetkazib beriladi.