Jahon | 20:30 / 05.08.2017
5972
2 daqiqa o‘qiladi

Mahatma Gandining nabirasi Hindiston vitse-prezidentligiga saylana olmadi

Foto: financialexpress.com

Hindistonda amaldagi partiya tomonidan vitse-prezidenti lavozimiga nomzod qilib ko‘rsatilgan Venkaya Neydu shanba kuni o‘tkazilgan saylovda ustun keldi. 68 yoshli yangi saylangan vitse-prezident Anra Pradesh shtatidan bo‘lib, Bharatiya Janata partiyasining sobiq prezidenti hisoblanadi. U saylovda Hindiston mumtoz arbobi Mahatma Gandining nabirasi, Gopalkrishna Gandini mag‘lub etib, partiyasining siyosiy mavqeyini yanada mustahkamladi.

Hindistonda mavjud qonunchilikka ko‘ra, vitse-prezident yuqori parlament palatasining spikeri lavozimida ham faoliyat olib boradi. E'tiborlisi shundaki, Bosh vazir Modi tuzgan ittifoqning aynan shu palatada o‘rni kam edi. Mamlakat prezidenti Ram Nat Kovind va Neydularning taqdirini siyosiy faoliyatining boshida Rashtriya Svayamsevak, Milliy ko‘ngillilar bloki, Hindi siyosiy guruhlarining g‘oyaviy makoni birlashtirib turadi.

BJPning Parlament quyi palatasida 545 o‘ringa egalik qilishi, yuqori palatada esa kuchsiz bo‘lib qolishi, Naiduning g‘alabasini aniq qilib qo‘ygan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid