Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. O‘zbekistonlik 9 nafar bokschi Filippindagi turnir yarim finalida
Filippinning Puerto-Printsesa shahrida davom etayotgan boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida chorak final bahslari yakunlandi.
Sports.uz xabariga ko‘ra, musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik bokschilardan 9 nafari yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
46 kilogramm vazn toifasida Muhammadmuso Abdurahmonov raqibi Turki Yahyo Ahmadni ikkinchi raundda mutlaq ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.
48 kilogramm vazn toifasida Ruslan Abdullayev BAA vakili Ali Al-Xarussiyni 5:0 hisobida yengdi.
52 kilogramm vazn toifasida Asadxo‘ja Muydinxo‘jayev iroqlik Hussayn Abdulhodiy Al-Baydxoniydan 4:1 hisobida ustun keldi.
54 kilogram vazn toifasida Rahmatullo Toshpo‘latov butanlik Rada Vanchukni ikkinchi raundda katta ustunlik bilan taslim qildi.
57 kilogramm vazn toifasida Javlonbek Yo‘ldoshev yaponiyalik Kenshin Yamamurani mag‘lub etdi - 5:0.
60 kilogramm vazn toifasida Sherzod Qodirov filippinlik Norlan Petetsioni 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi.
63 kilogramm vazn toifasida Nurislom Ismoilov hindistonlik Vijay Dipga imkoniyat qoldirmadi - 4:1.
66 kilogramm vazn toifasida Asadbek Jumaniyozov tailandoik Chansom Vittayani 5:0 hisobida yengdi.
Og‘irligi 80 kilogrammdan yuqori bokschilar bahsida hamyurtimiz Shohruh Almatovning raqibi - Saud Al-Barud (BAA) jangga chiqmadi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
08:10 / 09.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Filippin prezidentiga ta’ziya maktubi yubordi
15:38 / 08.06.2026
Filippinda kuchli zilzila: kamida 32 kishi halok bo‘ldi
07:17 / 24.05.2026