Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroilda yaqin orada Al Jazeera telekanali taqiqlanishi mumkin
Isroil aloqa vaziri Ayub Kara mamlakatda Qatarning Al Jazeera telekanali jurnalistlarining ishlashiga ruxsatning bekor qilinishi va uning Al-Qudsdagi idoralari yopilishi bo‘yicha so‘rov yo‘llaganini ma'lum qildi. Bu haqda telekanal saytida xabar qilingan.
Ta'kidlanishicha, Kara bunday bayonotni 6 avgustdagi matbuot-anjumanda bildirgan. Bu tadbirga telekanal jurnalistlari qo‘yilmagan.
"Biz bunday qarorni telekanal idoralarini yopgan va uning jurnalistlariga o‘z hududlarida ishlashni taqiqlagan sunniy arab davlatlari xatti-harakatlari asosida qabul qildik", deb aytgan Kara.
Uning aytishicha, telekanaldan zo‘ravonlikka undashda foydalaniladi.
Telekanal jurnalistlaridan birining aytishicha, ruxsatlarning bekor qilinishi Al Jazeera’ning ham arab, ham ingliz versiyalariga taalluqlidir.
Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Al Jazeera’ning Isroilda efirga uzatilishini to‘xtatmoqchiligi va uning idoralarini yopmoqchiligini aytgan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026