Sport | 17:00 / 06.08.2017
5750
2 daqiqa o‘qiladi

Obameyang barcha takliflarni rad etib, «Borussiya»da qoldi

Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang klubda qolishini ma'lum qildi.

«Kelajakda nima bo‘lishini hech kim oldindan ayta olmaydi. Men ta'tildan oldin «Borussiya» rahbariyati bilan muzokara o‘tkazganim rost. Men boshqa klubga o‘tish imkoniyatlarimni bildirganim rost.

Meni o‘z safida ko‘rishni istagan klublardan hech biri bilan kelishuvga erishib bo‘lmadi. Shunday ekan, endi «Borussiya»da qolaman. Menga bu yer yoqadi, men Dortmundda o‘zimni o‘z uyimdagidek his qilaman.

Ha, Xitoydan ham takliflar bo‘ldi. Katta pullar taklif qilinganda, o‘ylab ko‘rishing kerak bo‘ladi. Men bu taklifni qabul qilganimda, hamma meni ortga qadam tashlashda ayblagan bo‘lardi. Shu tufayli men uyoqqa ketmadim. 

Men Xitoydan takliflar oldim. Ammo u yerdagi klublar Yevropadagi kabi professional emas. Barcha takliflarni rad qildim.

Men xudoga va taqdirga ishonaman. Men to‘g‘ri tanlov qilganimga ham ishonaman», – deya Obameyangning so‘zlarini keltirgan Football Italia.

Bundan avvalroq nemislar klubi ushbu hujumchisini 100 million yevrodan kamiga sotmasligini ma'lum qilgandi.

Ushbu 27 yoshli gabonlik hujumchiga Xitoy klublaridan tashqari «Milan», «Chelsi», «Liverpul» va «PSJ» klublari ham qiziqqandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid