Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada bir guruh harbiylar Maduroga qarshi isyon ko‘tarishganini e'lon qilishdi
Venesuelada bir guruh harbiylar mamlakat prezidenti Nikolas Maduroga qarshi isyon ko‘tarishganini e'lon qilishdi. Bu haqda harbiylarning ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan videomurojaatiga iqtibos keltirgan holda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, guruhga o‘zini kapitan Xuan Kagvaripano deb atovchi odam boshchilik qilmoqda. Uning ta'kidlashicha, "ular Maduroning qirg‘in keltiruvchi zolimligiga qarshi qonuniy isyon ko‘tarishlarini e'lon qilishgan".
"Ta'kidlaymiz, bu to‘ntaruv emas. Bu konstitutsion tartibni tiklashga qaratilgan fuqarolik va harbiy harakatlardir. Yanada ko‘prog‘i – mamlakatni butkul yo‘q bo‘lishdan qutqarish, yoshlarimiz va oilalarimiz o‘ldirilishini to‘xtatishga qaratilgan harakatlardir", deb aytgan isyonchilar boshlig‘i.
Ta'kidlanishicha, Kagvaripano "dissidentlik harakatini qo‘llab-quvvatlagani" uchun 2014 yildan beri qidiruvda qolmoqda.
Associated Press axborot agentligining Venesuelaning hukmron partiyasi vakili Diosdado Kabeloga iqtibos keltirgan holda xabar berishicha, hukumatga moyillik bildiruvchi qo‘shinlar tomondan nazorat qilinuvchi harbiy bazaga terrorchilik hujumi amalga oshirilgan. Bir necha kishi qo‘lga olingan.
Kabeloning aytishicha, harbiylar bazadagi vaziyat ustidan nazoratni tezda qo‘lga olganlar.
Mavzuga oid
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
08:58 / 20.05.2026
NATO: AQSh harbiylarining qisqarishi xavf tug‘dirmaydi
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
10:19 / 09.05.2026