Jahon | 09:08 / 07.08.2017
3339
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyada AQSh aviatsiyasi va NATO bataloni ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar o‘tadi

Foto: RIA "Novosti"

Estoniyada 7-18 avgust kunlari mamlakat mudofaa kuchlari va AQShning Merilend shtati milliy gvardiyasi aviatsiyasining birgalikdagi mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Estoniya armiyasi bosh shtabiga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda

Mashg‘ulotlarga, kutilishicha, NATO xalqaro bataloni va "Kaytseliit" ko‘ngilli harbiylashtirishgan tuzilma a'zolari jalb qilinadi.

Mashg‘ulotlarda AQShdan 10 ta A-10 Thunderbolt shturm samolyoti, 4 ta 64 Black Hawk va CH-47 vertolyoti hamda milliy gvardiyaning 270 nafar harbiy mutaxassisi ishtirok etadi. Amerikaliklar 4 avgust kuni Tallin yaqinidagi Emari aviabazasiga yetib kelishgan. Mashg‘ulotlar vaqtida Estoniya hududida Merilend shtati milliy gvardiyasi harbiy-havo kuchlari shtabi joylashadi. 

Mashg‘ulotlarning asosiy qismi Tapa shahri yaqinidagi Estoniya mudofaa kuchlarining markaziy poligonida bo‘lib o‘tadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid