Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha: AQSh raketalarini joylashtirish masalasi hozircha ko‘rib chiqilayotgani yo‘q
Polsha Amerikaning o‘rta va kichik masofadagi raketalarini o‘z hududida joylashtirish imkoniyatini hozircha ko‘rib chiqmayapti. Bu haqda Polsha TIV rahbari Vitold Vashikovskiy «Kommersant'» gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Vashikovskiyga agarda AQSh kongressi o‘rta va kichik masofadagi raketalar to‘g‘risidagi shartnomani qayta ko‘rib chiqib, bunday raketalarni Yevropaga yuborishni istasa, Polsha ularni o‘z hududida joylashtirishga tayyormi, degan savol berilgan.
«Hozircha bularning bari gap-so‘zlar: AQShdan taklif olmaganmiz, bunday qurolni joylashtirish haqidagi qaror esa NATOga bog‘liq bo‘lardi. Menga ma'lumki, hozircha bunday imkoniyatni ko‘rib chiqmayapmiz», - dedi u.
Avvalroq Putin Polsha bilan hamkorlikni cheklashi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
08:33
Obama nima uchun AQSh o‘zga sayyoraliklarni yashira olmasligini tushuntirdi
08:24
Epshteynning o‘limidan oldingi ehtimoliy xati surati e’lon qilindi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026