Jahon | 10:36 / 08.08.2017
8962
2 daqiqa o‘qiladi

XXR: KXDRga qarshi sanksiyalardan eng ko‘p zararni Xitoy ko‘radi

XXR TIV rahbari Van Ining ma'lum qilishicha, Shimoliy Koreyaga qarshi yangi sanksiyalardan asosan Xitoy zarar ko‘radi. U KXDRning asosiy savdo sherigi sanaladi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

«Shimoliy Koreya bilan an'anaviy iqtisodiy aloqalar hisobga olinsa, aynan Xitoy BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyasi talablarini bajargan holda, eng yuqori narxni to‘laydi», - deya aytib o‘tdi TIV rahbari.

Shu bilan birga, Van Ining ta'kidlashicha, Xitoy BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasi talablarini to‘la hajmda bajaradi.

«Xitoy xalqaro tarqatmaslik va mintaqaviy tinchlik hamda xavfsizlikni himoya qilish maqsadida, xuddi avvalgidek, tegishli rezolyutsiyaga to‘la hajmda va qat'iy amal qilib boradi», - deya qayd etdi vazir.

Uning eslatishicha, rezolyutsiya sanksiyalardan tashqari, barcha manfaatdor tomonlarni Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish bo‘yicha olti tomonlama muzokara jarayonini tiklashga chaqiradi.

Avvalroq OAV Shimoliy Koreya yarim yildan keyin kuchli vodorod bomba yaratishi mumkin ekani haqida xabar bergandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid