Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda madhiyaning noo‘rin ijrosi uchun qamoq jazosi belgilanishi mumkin
Xitoyda noo‘rin vaziyatlar va nojoiz joylarda davlat madhiyasini kuylaganlik uchun jazo tayinlanishi mumkin. The South China Morning Post shu haqida xabar berdi.
Butunxitoy xalq vakillari kengashining Doimiy qo‘mitasi hozirda shunga muvofiq qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Hujjat mualliflari dafn marosimlari yoki jamoat joylarida fon musiqasi sifatida, shuningdek reklamada "Ko‘ngillilar marshi"dan foydalanishni taqiqlashni taklif qilishmoqda. Qonunchilarning fikricha, bu XXR madhiyasi nufuziga putur yetkazadi.
Faqat hukumatdan maxsus ruxsatnomaga ega bo‘lgan firmalargina madhiyani ijro etishga haqli, "Marsh" ijrosi vaqtida noo‘rin xatti-harakatlar qoralanadi. Qoidalarni buzgan yoki madhiya matnini o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirganlarni 15 sutkagacha ozodlikdan mahrum etish taklif qilinadi. Qonun loyihasi mualliflarining izohlashicha, bu chora-tadbirlar jamiyatda vatanparvarlik ruhini ko‘tarishga yo‘naltiriladi.
Qonun loyihasining taqdim etilishi honkonglik muxlislar ishtirokidagi mojarolar bilan bog‘liq. Xususan, 2016 yilning noyabrida Shimoliy Koreya va Honkong jamoalari o‘rtasidagi futbol o‘yinida honkonglik muxlislar madhiya matnini "Biz - Honkong"ga o‘zgartirib ijro etishgan.
"Ko‘ngillilar marshi" 1935 yilda Xitoy-yapon urushi davrida yozilgan. 1949 yilda u XXRning vaqtinchalik madhiyasiga aylangan, biroq 1966-1976 yillardagi madaniy inqilob davrida u boshqa qo‘shiqqa almashtirilgan. 1982 yilda esa "Ko‘ngillilar marshi" rasman Xitoy madhiyasi deya e'lon qilingan.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:38 / 26.06.2026
Pekindagi eng baland binoga yengil motorli samolyot urildi
20:44 / 24.06.2026