Jahon | 23:54 / 08.08.2017
12394
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda zilziladan keyin ikki ming kishi turgan mehmonxona qulab tushdi

Foto: REUTERS / CNS/Chen Yunhua

Xitoyning Sichuan viloyatida zilziladan keyin ikki ming kishi turgan mehmonxona qisman qulab tushdi. 500 kishi evakuatsiya qilingan.

Tszyuchjaygou milliy bog‘idagi "Tyantan" mehmonxonasi old tomoni kuchli silkinishlardan keyin qulab tushgan. O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar mehmonxonada turganlarni avtoturargohga olib chiqqanlar.

Mehmonxonaga borish u tog‘li hududda joylashgani sababli qiyinchilik tug‘dirmoqda, unga olib boruvchi yo‘lni esa toshlar bosib qolgan.

Avvalroq Xitoyning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish milliy komissiyasi zilzila vaqtida yuzlab odamlar halok bo‘lgan, minglab odamlar jarohat olgan bo‘lishi mumkinligini aytgandi. Viloyatning seysmologik byurosida Tszyuchjaygou milliy bog‘idagi vayronalar ostida yuzga yaqin sayyoh bo‘lishi mumkinligi ma'lum qilingan.

Ayni vaqtda 5 kishi halok bo‘lgani, 88 kishi yaralangani, 24 ming uy vayron bo‘lgani ma'lum.

Eslatb o‘tamiz, Sichuan viloyatining Ngava-Tibet-Tsyan muxtor okrugidagi Tszyuchjaygou uyezdida mahalliy vaqt bilan soat 21:19da 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi.

Keyinroq Xitoy seysmologiya markazida zilzila kuchi 7,0 ballni tashkil qilgani ma'lum qilingan. Zilziladan so‘ng 100 dan ko‘proq aftershok qayd qilingan.

Xitoy raisi Si Tszinpin odlamlarni qutqarish va zilzila oqibatlarini minimallashtirish uchun barcha imkoni bor ishni bajarish topshirig‘ini bergan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid