Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXDR BMT XK sanksiyalariga javoban «jismoniy harakatlar» bilan tahdid qildi
Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik kengashi mamlakatga nisbatan yangi sanksiyalar kirituvchi rezolyutsiyani tasdiqlaganidan so‘ng, armiya qo‘llangan holda choralar ko‘rishga va'da berdi. Bu haqda Osiyo-Tinch okeani mintaqadagi Koreya tinchlik qo‘mitasidan ma'lum qilishgan.
«Biz yaqinda qabul qilingan «sanksiyalar to‘g‘risidagi rezolyutsiyani» butunlay va qat'iy rad etamiz. Ular AQShdagi gangster imperialistlar tomonidan o‘zlarining ko‘zi ko‘r tarafdorlari bilan til biriktirish orqali tayyorlangan bo‘lib, Shimoliy Koreya davlatiga qarshi terrorizm aktidir», - deya xabar matnini keltiradi Koreya Markaziy telegraf agentligi.
Ta'kidlanishicha, «KXDR suvereniteti va huquqlarini buzuvchi bunday gangsterlik aktidan so‘ng, armiya hamda xalq tomonidan davlatni himoya qilish uchun adolatli choralar ko‘riladi».
Shimoliy Koreya strategik qadamlar, jumladan «jismoniy harakatlarni» qo‘llashga va'da berdi.
Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov KXDR bo‘yicha bayonot bilan chiqqandi.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
09:02 / 11.06.2026