O‘zbekiston | 12:15 / 08.08.2017
19731
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi shifokorlarni ishga taklif qiladi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarida bo‘sh bo‘lgan shifokorlik lavozimlariga tanlov e'lon qiladi. 

Tanlovda tibbiyot yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr va magistr diplomlariga ega bo‘lgan, muddatli va safarbarlik chaqiruvi rezervida yoki oliy o‘quv yurtining harbiy kafedrasi kursini tamomlab, ofitserlar zaxirasiga kiritilgan, 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari (erkak va ayollar) ishtirok etishlari mumkin. 

Murojaat uchun telefonlar: 291-59-02, 291-93-06.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid