Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq KXDRni xalqaro hamjamiyat bilan muloqotga kirishishga chaqirdi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy
Yevroittifoq Shimoliy Koreyaning xalqaro hamjamiyat bilan muloqotga kirishishini kutmoqda. Bu haqida YeI diplomatiyasi rahbarining rasmiy vakili Katrin Rey RIA "Novosti"ga ma'lum qildi.
"Biz KXDRning BMT Xavfsizlik Kengashi rezolyutsiyasiga muvofiq, xalqaro hamjamiyat bilan Koreya yarim orolini to‘liq yadrosizlantirishga yo‘naltirilgan ishonchli muloqotga kirishishini kutmoqdamiz", - deydi Rey.
Uning ta'kidlashicha, KXDR xalqaro hamjamiyat oldidagi majburiyatlarini bajarishi uchun Yevroittifoq unga bosim o‘tkazishda davom etadi.
"Tinchlik va Koreya yarim orolining yadrosizlanishiga tinch yo‘l bilan erishish kerak", - dedi u.
Ma'lumki, Amerika prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya AQShga jiddiy tahdid solgan taqdirda, qo‘l qovushtirib o‘tirmasligini ta'kidlagan.
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar institutining ilmiy xodimi Sergey Kislisinga ko‘ra, Pxenyan va Vashington qat'iy bayonotlar bilan chiqishga o‘rganib qolgan, biroq harbiy ziddiyatga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026