Lavrov: IShID vakillari butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, IShID terrorchilik guruhidan keluvchi tahdid hech qayerga yo‘qolmadi, terrorchilar butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar bergan.
«IShIDdan keluvchi tahdid hech qayerga yo‘qolmadi, bu jinoiy guruh vakillari butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda, jumladan, Rossiya va Indoneziyaga yaqin bo‘lgan hududlarga ham», - degan u Indoneziya TIV rahbari Retno Marsudi bilan uchrashuvdan so‘ng.
Uning ta'kidlashicha, «shu nuqtai nazardan, Yaqin Sharq va Afrika shimolida saqlanib qolayotgan vaziyat jiddiy tashvishga sabab bo‘lmoqda, bu Suriyadagi mojaroni hal qilish va terrorizm bilan kurash ishida biroz olg‘a siljish ro‘y berganiga qaramay kuzatilmoqda».
Avvalroq IShID terrorchilari yana Suriyaning Dayr az-Zor shahriga hujum qilishgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 23.10.2024
Rossiya tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
12:00 / 21.10.2024
GFRda IShID tarafdori Isroil elchixonasiga hujum uyushtirishni rejalashtirgan
15:11 / 05.10.2024
“O‘zbekiston DXX Rossiyaga IShID a’zolarini tutishga yordam bergan” - Bortnikov
20:19 / 28.09.2024