Jahon | 00:13 / 09.08.2017
3757
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda sayyohlar avtobusi YTHga uchradi

Misrning Sharm-ash-Shayx kurorti yaqinida sayyohlar avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Avariya natijasida 25ga yaqin odam jabrlangan. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus mahalliy mehmonxonalardan biriga tegishlidir.

TASS axborot agentligining ma'lum qilishicha, avtobus avtotrassada to‘ntarilib ketgan. Voqea joyiga bir nechta tibbiy yordam  mashinalari yetib kelgan. Falokat sabablari va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid