Jahon | 22:22 / 09.08.2017
8108
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya aviakompaniyasi yo‘lovchilarga shortida uchishni taqiqladi

Foto: AFP 2017 / Remy Gabalda

Saudiya Arabistonining SAUDIA aviakompaniyasi erkaklarning shorti, ayollarning esa tor kiyim kiyishlarini nojoiz xatti-harakatga tenglashtirib, yo‘lovchilar dress-kodini kiritdi. 

Tashuvchi qoidalariga to‘g‘ri kelmasligi bois bir necha yo‘lovchi kompaniyaning reyslariga qo‘yilmagan, deyiladi Makkah gazetasida. Nashrga ko‘ra, qo‘nish chiptasi borligiga qaramay, ba'zilar reysdan qaytarilgan. Bu voqealar aviakompaniya yangi qoidalarni o‘z saytida taqdim etgunga qadar ro‘y bergan. 

"Atrofdagilarga noqulaylik tug‘diradigan ko‘rinishda (ayollar - oyoq-qo‘llari ochiq yoki haddan tashqari tor kiyim, erkaklar - oyoqlarni yopmaydigan shorti) kiyingan yo‘lovchilar jamoatchilik tartibini buzgan hisoblanadi", - deyiladi kompaniya saytida taqdim etilgan yo‘lovchilar xatti-harakatlariga doir qoidalarda. Ro‘yxat umumiy hisobda 15 punktdan iborat. 

Ar-Riyod Turizm departamentining sobiq rahbari Ali G‘amdiyning so‘zlariga ko‘ra, bunday qoidalar go‘yoki Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti shartlari bo‘lib, butun dunyo aviakompaniyalarida qo‘llanadi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid