Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TIV: Orenburgdagi YTHda 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi yengil jarohat olgan
O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yil 8 avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 22:00da Rossiya Federatsiyasi Orenburg viloyatining Nijnyaya Pavlovka – Xolodniye Klyuchi yo‘lining 12-kilometrida O‘zbekiston fuqarolari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Yo‘lda “Mercedes” mikroavtobusi va “Chevrolet Lanos” yengil avtomobili to‘qnashgan. Rossiya FVV ma'lumotlariga ko‘ra, “Chevrolet Lanos” avtomobilidagi 2 nafar Rossiya fuqarosi vafot etgan. Mikroavtobusda bo‘lgan 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi yengil jarohat olgan. Mikroavtobus yo‘lovchilari shahar va tuman kasalxonalariga yetkazilgan hamda tibbiy ko‘rikdan so‘ng qo‘yib yuborilgan.
Elchixona konsullik bo‘limi ushbu hodisa natijasida jabr ko‘rgan O‘zbekiston fuqarolariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Mahalliy hokimiyat bilan, jumladan viloyat gubernatori va Orenburg tumani ma'muriyati bilan aloqa o‘rnatilgan.
Avvalroq Orenburg yaqinida o‘zbekistonlik fuqarolar bo‘lgan mikroavtobus YTHga uchragani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:39
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
12:24 / 20.01.2026
Farg‘onada Captiva dara yo‘lida ag‘darilib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
18:20 / 19.01.2026
Navoiyda yana avtobus ag‘darildi
23:31 / 16.01.2026