Uchtepa tumanida marixuana moddasini saqlab kelgan shaxs ushlandi
2017 yilning 5 avgust kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Uchtepa tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro To‘lqin Turkmanov 12 dona gugurt qutilariga solingan jami og‘irligi 64,67 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalarini ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda sotishga suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Mavzuga oid
13:30 / 09.10.2024
Giyohvandlik vositalari ustidan nazorat qilish davlat komissiyasi vakolatlari belgilandi
11:50 / 09.10.2024
Toshkentda giyohvandlik vositalarini yashirish yo‘li bilan tarqatish holatlari fosh etildi
07:20 / 08.10.2024
Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
14:30 / 05.10.2024