O‘zbekiston | 10:50 / 09.08.2017
22055
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zstandart» direktori 8 oyda lavozimini tark etdi

O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart») bosh direktori Aktam Hayitov lavozimini tark etgan. Bu haqda «Kun.uz»ga agentlikdagi manba xabar qildi.

Aktam Hayitov 8 oy oldin, 2016 yil oktabrida «O‘zstandart» rahbari etib tayinlangan, u 2012 yil iyulidan buyon agentlikni boshqargan Abdusalom Qurbonov o‘rnini egallagandi.

Hozircha Hayitov o‘rniga agentlikka kim rahbar bo‘lgani ma'lum emas.

Mavzuga oid