Jahon | 18:31 / 10.08.2017
4947
1 daqiqa o‘qiladi

Yaman sohillarida kontrabandachilar 180 qochqinni ochiq dengizga sakrashga majburladi

Yaman qirg‘oqlari yaqinida kontrabandachilar taxminan 180 qochqinni kemadan ochiq dengizga sakrashga majburlashdi. Bu haqda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot xabar bergan.

Xabar qilinishicha, besh kishi halok bo‘ldi, yana 50 kishining qayerda ekani noma'lum.

Hodisa Liviya sohillarida 155 qochqin qutqarilganidan ikki kun o‘tib ro‘y bergan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid