Liviya qirğoqlarida Afrika mamlakatlaridan yölga çiqqan 155 noqonuniy muhojir qutqarildi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi. 

Liviya milliy sulh hukumati harbiy-dengiz kuçlari vakilining ma'lum qilişiça, qutqarilganlar orasida 18 nafar ayol va 10 nafar bola ham bor. 

Ular qutqarilgaç, birinçi yordam körsatilib, Liviya hududidagi qoçqinlar lageriga yuborilgan. 

BMT ma'lumotlariga köra, 2017 yil boşidan beri Örta yer dengizida 1800 ga yaqin qoçqin ğarq bölgan.