Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forbes dunyoning eng innovatsion kompaniyalari ro‘yxati e'lon qildi
Forbes jurnali yettinchi marta dunyoning eng innovatsion kompaniyalari ro‘yxati e'lon qildi. Unga ko‘ra, o‘tgan 2 yil mobaynida dunyoning ikkinchi innovatsion kompaniyasi maqomida bo‘lib kelgan Salesforce endilikda yetakchiga aylanib qolgan, ketidan Tesla Motors va uchinchi o‘rindan raqobatchilardan 8 pog‘ona ilgarilab ketgan Amazon kompaniyasi joy olgan.
Ro‘yxatning kuchli beshtaligini kino sanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Netflix jamoasi yakunlab bersa, to‘rtinchi o‘rin Osiyo vakillari - Shanghai Raas Blood Products kompaniyasiga nasib qildi.
Innovators DNA firmasi mutaxassislari bilan hamkorlikda tuzilgan mazkur ro‘yxat asosida bozorga yangi o‘yinchilarning shiddat bilan kirib kelishi hamda texnologik inqiloblarni yarata olishi aks ettiriladi. Ular qatorida Pandora (75 o‘rin), Ultra Beauty (34 o‘rin), Constellation Software (22 o‘rin) va GenMab (39 o‘rin) alohida e'tiborga loyiq kompaniyalar sirasidan hisoblanadi.
Bundan avvalgi ro‘yxatdan tushib qolgan Procter and Gamble (89 o‘rin), Intuit (66 o‘rin), Yahoo Japan (84 o‘rin) va Pepsico (95 o‘rin) korxonalari bu safar yana kuchli yuztalik qatoriga qaytganini ko‘rishimiz mumkin. Osiyoning, jumladan Xitoy, Hindiston, Indoneziya va Janubiy Koreyaning oltita kompaniyasi dunyoning eng innovatsion kompaniyalar ro‘yxatida kuchli yigirmatalik qatorida ko‘rsatilgan.
Ro‘yxatdan joy olish uchun kompaniya jamoasi yirik, innovatsion hamda moliyaviy daromad keltiruvchi loyiha ustida ish olib borayotgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, xalqaro bozorda yettilik mehnat tajribasi va 10 milliard AQSh dollari miqdoridan kam bo‘lmagan kapital aylanmasiga ega bo‘lishi so‘raladi.
Mavzuga oid
23:59 / 20.12.2025
Ilon Mask 700 mlrd dollardan ortiq boylikka ega bo‘lgan ilk insonga aylandi
15:36 / 16.12.2025
Ilon Mask tarixda birinchi bo‘lib 600 mlrd dollarlik boylikka erishdi
18:54 / 23.11.2025
Trampning boyligi sentabr oyidan beri milliard dollarga kamaydi
22:26 / 16.10.2025