Jahon | 07:28 / 10.08.2017
3855
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoydagi zilzilada jabrlanganlar soni 343 kishiga yetdi

Foto: AFP 2017 / STR

8 avgustda Xitoyning Sichuan viloyatida yuz bergan vayronkor zilzila oqibatida jabrlanganlar soni 343 kishiga yetdi, deb ma'lum qildi Xitoy markaziy televideniyesi.

Avvalroq 19 kishi halok bo‘lgani va 263 kishi jarohat olgani ma'lum qilingandi.

"9 avgust soat 22:10ga ko‘ra Tszyuchjaygou uyezdidagi 7 magnitudali zilzila oqibatida halok bo‘lganlar 19 kishini, jarohatlanganlar 343 kishini tashkil qilgan", deb aytilgan telekanal xabarida.

Ma'lum qilinishicha, 13 kishi og‘ir jarohat olgan, ularning ahvoli og‘ir deya baholangan.

Sichuan viloyatining Ngava-Tibet-Tsyan avtonom okrugidagi Tszyuchjaygou uyezdida 8 avgust soat 21:19da 7 magnitudali zilzila yuz berdi. Bundan keyin mingdan ko‘proq aftershok qayd qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid