Jahon | 10:55 / 10.08.2017
7555
1 daqiqa o‘qiladi
Xitoyning Qozog‘iston bilan chegarasida zilzilalar yuz berishi davom etmoqda
Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida yana qator yer silkinishlari qayd etildi, deb xabar bermoqda «Interfaks» Rossiya fanlar akademiyasi Yagona Geofizika xizmatining Oltoy-Sayan filiali vakiliga asosan.
Karamay shahridan 235 kilometr janubi-g‘arbda 4,3 magnitudali zilzila ro‘y bergan.
Shuningdek, aynan shu tumanda 4,9 magnitudali yer osti silkinishlari qayd etildi.
8 avgust kuni Xitoy shimoli-g‘arbida 6,5 magnitudali zilzila yuz berdi. Hozircha 19 kishi halok bo‘lgani haqida ma'lumot bor. Shu bilan birga, 217 kishi jabrlangan.
Mavzuga oid
19:04
Qozog‘istonda Turkiyaning Bayraktar droni ishlab chiqarilishi mumkin
10:10
Samarqandda O‘zbekiston – Qozog‘iston hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
08:10
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasida bojsiz maxsus savdo zonasi tashkil etilishi mumkin
12:40 / 19.10.2024