Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Hamasni devor qurilishiga xalaqit qilmaslikka chaqirdi
Isroil va Falastin hududini tutashtirib turuvchi turli yerosti tunnellarni yo‘q qilish uchun Isroil hukumati chegara-devorini qurishni e'lon qilgan edi.
Davom etayotgan loyiha davomida Hamas guruhi va Isroil hukumati o‘rtasida jiddiy to‘qnashuvlar yuzaga kelmoqda. Seshanba kuni Hamas tomonidan uchirilgan raketalarga javoban bir kun o‘tib, yahudiy harbiylari ham G‘azoga havo zarbalarini berdi. Oqibatda olti nafar falastinlik jarohatlandi, deb xabar bergan lagerda faoliyat olib borayotgan shifokorlar.
Bugun, 10 avgust kuni Isroil tomoni Hamasni devor qurilishida xalaqit qilmaslikka chaqirilgan bilan rasmiy bayonot berdi.
Joriy yilning sentabr oyida qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan devor uzunligi 60 km bo‘lib, eng so‘nggi zamonaviy sensor texnologiyalari bilan jihozlanadi. Mutaxassislarning aytishicha, loyihaning umumiy qiymati 1,1 milliard AQSh dollariga teng, u kelgusi ikki yil davomida qurib bitkazilishi belgilangan.
Bundan avval, Turkiya o‘zining Eron bilan chegara hududida hamda AQSh qo‘shnisi Meksika bilan chegara-devorini qurishni e'lon qilgan edi.
Mavzuga oid
22:54 / 26.04.2026
Isroil BAAda «Temir gumbaz» tizimi va o‘z harbiylarini joylashtirgan – OAV
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
08:37 / 24.04.2026
Isroil va Livan o‘rtasidagi sulh muddati uzaytiriladi
20:04 / 23.04.2026