Sport | 00:49 / 10.08.2017
8832
4 daqiqa o‘qiladi

RFPL. Galiulin golli uzatma amalga oshirdi, Shomurodov zaxiradan maydonga tushdi

Rossiya premer-ligasining 5-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod bo‘lgan futbolchilar ham ishtirok etishdi.

«Petrovskiy»da «Tosno» TsSKAni qabul qilib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Mezbonlarning yagona goliga Vagiz Galiulin hammualliflik qildi. Uning qanotdan yuqorlatib yetkazib bergan to‘pini Zabolotniy boshi bilan Pomazun darvozasini ishg‘ol qildi. Ammo bu jamoaga yordam bera olgani yo‘q.

«Rostov» esa bu turda ham g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi. «Dinamo»ga qarshi uchrashuv taqdirini Kalachyovning penaltidan kiritgan yagona goli hal qildi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Eldor Shomurodov Dyadyun o‘rniga maydonga tushdi.

Yana bir hamyurtimiz to‘p suradigan «Lokomotiv» esa bu turga kelib ilk marta ochko yo‘qotdi. «Rubin» mehmoni bo‘lgan «temiryo‘lchilar» so‘nggi daqiqalarda mag‘lubiyatdan qutulib qolishdi. Vitaliy Denisovning jarohati sabab bu uchrashuvda ishtirok eta olmadi.

Shuningdek bu turda «Zenit» ham ochko yo‘qotdi. «Spartak» esa  Piterdagi alamli mag‘lubiyatdan keyin bu turda g‘alaba qozonishning uddasidan chiqdi.

Rossiya premer-ligasi, 5-tur

Tosno – TsSKA 1:2 (0:0)

Gollar: Zabolotniy (56) – Olanare (49), Dzagoyev (62).
Tosno: Yurchenko, Buyvolov, Chernov, Abazov (Melkadze, 58), Dugalich, Galiulin, Karnitskiy, Kazayev (Mirzov, 40), Nunu Rosha, Markov (Troshechkin, 63), Zabolotniy.
TsSKA: Pomazun, Berezutskiy, Ignashevich, Vasin, Nababkin, Golovin (Dzagoyev, 56), Natxo (Vernblum, 81), Milanov, Fernandes, Olanare, Chalov (Vitino, 57).
Ogohlantirish: Vasin (86).

Rostov – Dinamo 1:0 (1:0)

Gol: Kalachyov (19, penalti).
Rostov: Pesyakov, Ingason, Vilyush, Parshivlyuk, Mevlya, Gatskan, Zuyev (Dumbiya, 75), Kalachev (Yusupov, 68), Mogilevets, Bayramyan, Dyadyun (Eldor Shomurodov, 87).

Dinamo: Shunin, Xolmen, Terexov, Morozov, Shunich, Katrich (Temnikov, 71), Zotov, Sou, Tashayev, Vanderson, Panchenko.
Ogohlantirishlar: Sou (11), Gatskan (15), Terexov (17), Bayramyan (21), Katrich (21), Ingason (26), Parshivlyuk (56).

Ural – Zenit 1:1 (1:0)

Gollar: Bikfalvi (35) – Kokorin (60).
Ural: Godzyur, Kulakov, Aroyan, Balajits, Merkulov, Fidler, Yemelyanov (Bavin, 74), Dimitrov, Bikfalvi, Grigorev (Lungu, 59), Ilin (Portnyagin, 84).
Zenit: Lunyov, Terentev, Netu, Mammana, Krishito, Kuzyayev, Yeroxin, Paredes (Jirkov, 88), Shatov (Kranevitter, 46), Driussi (Dzyuba, 80), Kokorin.
Ogohlantirishlar: Ilin (77), Netu (77).

Spartak – Arsenal Tula 2:0 (1:0)

Gollar: Promes (20), Ze Luish (84).
Spartak: Selixov, Tashchi, Petkovich (Yeshchenko, 62), Tigiyev, Djikiya, Samedov, Timofeyev (Glushakov, 31), Ananidze (Popov, 65), Pashalich, Promes, Ze Luish.

Arsenal Tula: Gabulov, Denisov, Belyayev, Alvares, Tkachev, Aleksandrov, Chaushich, Maksimov (Gorbatenko, 62), Berxamov (Bourchanu, 21), Shevchenko, Djordjyevich (Sikoyev, 77).
Ogohlantirishlar: Tigiyev (24), Alvares (45), Samedov (64), Denisov (75), Belyayev (90).

Rubin – Lokomotiv 1:1 (0:0)

Gollar:  Jyemaletdinov (62, penalti) – Kverkveliya (90+1).
Rubin: Rijikov, Granat, Kambolov (Kuzmin, 83), Kudryashov, Nabiullin, Ozdoyev, Mvila, Jyemaletdinov (Song, 68), Bauer, Azmun, Jonatas.
Lokomotiv: Gilerme, Kverkveliya, Peychinovich, Ribus, Miranchuk, Barinov (Koryan, 68), Miranchuk, Denisov, Fernandesh, Tarasov (Galadjan, 75), Ignatev.

Ogohlantirishlar: Ozmun (36), Miranchuk (36), Jonatas (36), Denisov (51), Barinov (61), Ignatev (84), Rijikov (90).
Chetlatish: Jonatas (52, Rubin).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid