Jahon | 22:04 / 11.08.2017
12418
2 daqiqa o‘qiladi

Daniyada dunyodagi eng katta xususiy suv osti kemasi cho‘kib ketdi

Foto: Reuters

Daniya poytaxti Kopengagen shahri yaqinida dunyodagi eng katta xususiy suv osti kemasi "Nautilus" cho‘kib ketdi. Suv osti kemasi egasi va uning yaratuvchisi Peter Madsenning aytishicha, kemaning cho‘kishiga ballast sisterna bilan yuzaga kelgan muammo sabab bo‘lgan.

“Kemaga cho‘ka boshlashi uchun 30 soniya yetarlilik qildi. Men barcha lyuklarni yopishga, biror narsa qilishga ulgurolmadim”, deb aytgan Madsen.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, 18 metrlik suv osti kemasi ichida u haqda yozayotgan ayol jurnalist bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Kema bortida haqiqatan ham bu ayol qolib ketgani haqida aniq ma'lumotlar yo‘qligiga qaramasdan, uni qutqarish bo‘yicha operatsiya tashkillashtirilgan.

Daniya qirollik harbiy-dengiz kuchlari kemani topish umidida Boltiq dengizini ikki samolyot va uch kema yordamida tekshira boshlagan. Shuningdek, cho‘kkan kemaga g‘avvoslar yuborilgan.

Ushbu kema kraudfanding yordamida yig‘ilgan pullarga havaskorlar tomondan qurilgandi. Uning yuk ko‘tarishi 32 tonnani, uzunligi 18 metrni tashkil qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid