Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevrokomissiya: 15 mamlakatda tarkibida kimyoviy modda bo‘lgan tuxumlar aniqlandi
26 sentabr kuni tarkibida fipronil bo‘lgan tuxumlar ishiga qiziqqan tomonlar uchun navbatdan tashqari uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Yevrokomissiya (YeK) vakili Mina Andreyevaning so‘zlariga asoslanib, RT xabar berdi.
"Yevrokomissiya fipronil bilan bog‘liq mojarolar bo‘yicha favqulodda uchrashuv tashkil qilishga qaror qildi. Biz kerakli barcha ma'lumotlarga ega bo‘lmoqchimiz, shu bois uchrashuv 26 sentabrga rejalashtirildi. Uchrashuv maqsadi - ushbu vaziyatdan kerakli xulosa chiqarish", - deydi Andreyeva.
Bundan tashqari, kimyoviy moddali tuxumlar bilan bog‘liq holat 15 davlatda kuzatilgani ma'lum qilindi.
"To‘rt mamlakat - Niderlandiya, Belgiya, Germaniya va Fransiyada fipronildan foydalangan parrandachilik fermalari bloklandi. Bu fermalar mahsulotlari Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Avstriya, Lyuksemburg, Polsha, Ruminiya, Slovakiya, Sloveniya, Shveytsariya va Honkongga yetkazilgan", - deya ta'kidlandi YeKda.
Mavzuga oid
14:42 / 08.11.2025
Yevrokomissiya Rossiya aktivlarini doimiy muzlatib qo‘yishni taklif qildi
15:12 / 07.11.2025
Yevrokomissiya Rossiya fuqarolari uchun viza qoidalarini yanada qat’iylashtirmoqda
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
13:51 / 18.10.2025