YeI Boş prokuraturasi (EPPO) Yevrokomissiya (YeK)ga nisbatan tergov olib bormoqda, Belgiya politsiyasi esa Bryusseldagi YeK binolarida tintuv işlarini ötkazdi. Bu haqda payşanba, 12 fevral kuni AFP va dpa agentliklari xabar qildi.

YeK 2024 yilda Yevrokomissiyaning 23 ta binosi sotilgani bilan boğliq “olib borilayotgan tergov”dan xabardor ekanini ta’kidladi. “Biz bitim töğri tarzda amalga oşirilganiga işonamiz, — deyiladi u yerda. — Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, binolarni sotiş belgilangan tartib-taomillar va protokollarga muvofiq amalga oşirilgan”. Şuningdek, YeK tergov bilan hamkorlik qilayotgani ham qayd etildi.

EPPO esa “joriy tergov doirasida dalillar töplanayotgani”ga aniqlik kiritdi.

Financial Times (FT) gazetasi yozişiça, 23 ta bino Belgiyaning suveren farovonlik fondi SFPIM tomonidan 900 mln yevroga sotib olingan. YeKda aytilişiça, mazkur sotuv Yevropa kvartalini zamonaviy, jozibador va ekologik jihatdan tozaroq hududga aylantiriş imkonini beradi. YeK versiyasiga köra, oçiq tender ötkazilgan. Yevrokomissiya 2030 yilga qadar öz ofis maydonlarini 25 foizga qisqartirişni maqsad qilgan.

FT yana aniqlaştirişiça, tergov harakatlari bir neça bölimlarda, jumladan YeKning budjet departamenti binolarida ham ötkazilgan. Ehtimoliy qoidabuzarliklar budjet böyiça yevrokomissar lavozimini Yoxannes Xan (2019–2024) egallab turgan davrda sodir bölgan bölişi mumkin.