Sport | 14:48 / 11.08.2017
12244
1 daqiqa o‘qiladi

Isko boshi kattaligi tufayli «Manchester Yunayted»ga to‘g‘ri kelmagan

«Manchester Yunayted» klubi 2013 yilda «Malaga» yarimhimoyachisi Iskoni sotib olish imkoniyatlarini o‘rganib chiqqandi.

Ammo mankunianlarning bosh skautlari o‘sha vaqtda 21 yoshda bo‘lgan ispaniyalik futbolchining o‘yinlarini kuzatib borgan va o‘sha paytlarda klub bosh murabbiyi bo‘lgan Aleks Fergyusonga Isko «MYu»ga to‘g‘ri kelmasligini bildirishgandi. Qiziq tomoni ular Iskoning boshi juda katta ekanligini asosiy sabab qilib olishgandi.

«U juda yaxshi futbolchi, ammo yetarli darajada tezkor emas. Uning boshi juda katta va tanasiga umuman to‘g‘ri kelmaydi», – deb yozgandi o‘shanda klub skautlari boshlig‘i o‘z hisobotida.

2013 yilda «Real»ga ko‘chib o‘tgan Isko tez orada madridliklar bilan amaldagi shartnomasi uzaytirishi kutilmoqda.

Mavzuga oid