Jahon | 19:20 / 11.08.2017
8530
1 daqiqa o‘qiladi

Misrda ikki poyezd to‘qnashib ketdi, qurbonlar ko‘p

Misr shimolida ikki poyezdning to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Youm7 hukumatga asosan xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, hodisa tufayli 50 dan ortiq inson jabrlangan. Voqea joyiga ko‘plab tez tibbiy yordam xizmati brigadalari yuborildi.

Al Arabiya ma'lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida 21 kishi halok bo‘ldi, 55 inson jabrlandi.

Avvalroq Italiyada poyezd relslardan chiqib ketgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid