O‘zbekiston | 14:59 / 11.08.2017
8669
2 daqiqa o‘qiladi

Sirdaryo viloyatida “O‘zbekiston-Xitoy” do‘stlik bog‘i barpo etiladi

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filiali hududida “O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik bog‘i” barpo etiladi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasining Sirdaryo filialini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishni imzoladi.

Hujjatda ta'kidlanishicha, “Sirdaryo ekopark” NNT “Jizzax” EIZning Sirdaryo filiali hududida “Osiyo bog‘i”ni qurish bo‘yicha loyihani amalga oshirmoqda. 

O‘zbekiston rahbari “Osiyo bog‘i”ni “O‘zbekiston-Xitoy” do‘stlik bog‘i deb nomlash taklifini ma'qulladi.

Prezident O‘zbekiston ishlab chiqarilmaydigan, “Sirdaryo ekopark” tomonidan “O‘zbekiston-Xitoy do‘stlik bog‘ini” barpo etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiluvchi olib kiriluvchi uskunalar, mashina, materiallar va butlovchi buyumlar, qurilish materiallari ro‘yxatini tasdiqladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid