O‘zbekiston | 08:42 / 12.08.2017
15737
4 daqiqa o‘qiladi

Fuqarolikni yo‘qotish to‘g‘risidagi hujjatlar qanday tayyorlanadi?

TIV va IIVning qarori bilan (2017 yil 1 avgust) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotishni rasmiylashtirish masalalariga oid hujjatlarni tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Norma.uz.

Hujjat har bir asos bo‘yicha fuqarolikni yo‘qotishni rasmiylashtirishda vakolatli organlar xodimlarining harakatlari va hujjatlarni tayyorlash tartibini batafsil reglamentlaydi.

1 – chet davlatning davlat xizmatiga kirganligini tasdiqlaydigan hujjatlar yoki boshqa ishonchli ma'lumotlar mavjud bo‘lgan shaxslar tomonidan fuqarolikni yo‘qotilishi

Fuqarolarni aniqlash uchun konsullik muassasalari:

•  o‘zlarining konsullik okruglari joylashgan mamlakatlarning tashqi ishlar vazirliklariga chet davlatning davlat xizmatiga kirgan O‘zbekiston fuqarolari bo‘yicha axborot berish haqida nota yuboradilar va O‘zbekiston qonunlarining qoidalari haqida xabardor qiladilar;
•  manfaatdor vazirlik va idoralarning O‘zbekiston fuqarosi chet davlatning davlat xizmatiga kirganligi haqidagi ma'lumotlarini tekshiradilar;
•  shaxslarning O‘zbekiston fuqaroligiga mansubligi haqidagi murojaatlarini va chet davlatning so‘rovnomalarini o‘rganadilar.

2 – chet elda doimiy yashayotgan uch yil ichida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan shaxslarning fuqaroligini yo‘qotishi.

Konsullik muassasasi rahbari vaziyatga qarab, fuqaro o‘z vaqtida konsullik hisobiga turmaganligi sabablarining uzrliligiga obektiv ma'lumotlar asosida mustaqil baho beradi.

3 – O‘zbekiston fuqaroligi oldindan bila turib yolg‘on ma'lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi aniqlangan shaxslarning fuqarolikni yo‘qotishi

Tekshiruvni o‘tkazish vaqtida TShIIBB MvaFRB yoki konsullik muassasalari tomonidan quyidagilar aniqlanadi:

•  shaxsning “Fuqarolik to‘g‘risida”gi Qonun kuchga kirgan vaqtda (1992 yil 28 iyulda) O‘zbekiston hududida yashaganligi;
•  shaxsning Qonun kuchga kirgan vaqtda O‘zbekiston hududida propiskasi bo‘lganligi;
•  shaxs Qonun kuchga kirgan vaqtda mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda harbiy hisobda turganligi;
•  shaxs Qonun kuchga kirganidan keyin tug‘ilganligi va unda Qonunning 13 - 16-moddalariga muvofiq O‘zbekiston fuqaroligini olish huquqi mavjudligi;
•  Qonunning 4-moddasi 2-bandida nazarda tutilgan holatlar.

Tekshiruv mobaynida to‘plangan hujjatlar fuqarolikni olishning asossizligi haqida sabablarini ko‘rsatgan holda xulosa bilan birga prokuratura organlariga yuboriladi. Oldindan bila turib yolg‘on ma'lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olinganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan belgilanadi.

4 – chet el davlati foydasini ko‘zlab faoliyat yuritib yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan shaxslarning fuqaroligini yo‘qotishi

IIV MvaFRBBga MXX, IIV va TIV tegishli boshqarmalarining asoslantirilgan taqdimnomalari bilan birga quyidagilar yuboriladi:

•  shaxsning chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganligini;
•  tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlarni sodir etish natijasida jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazganligini tasdiqlaydigan sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan hujjatlar shaxsning fuqaroligini yo‘qotish yuzasidan.

5 – chet davlatning fuqaroligini olgan shaxslarning fuqaroligini yo‘qotishi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid