Jahon | 11:20 / 12.08.2017
6504
1 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tadqiqot: Tramp faoliyatini ma'qullash reytingi o‘sa boshladi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning davlat rahbari sifatida yuritayotgan siyosatini qo‘llab-quvvatlovchilar soni o‘sa boshladi. Rasmussen reports tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi shundan dalolat bermoqda. 

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hozirda Tramp siyosatini 45 foiz fuqaro ijobiy baholamoqda, 53 foizi ma'qullamayapti. 

Bunda so‘ralganlarning 29 foizi "to‘liq ma'qullashi"ni aytgan bo‘lsa, 44 foizi Trampning Oq uy rahbarligidagi ishlarini "qat'iy ravishda" ma'qullamasligini bildirgan. 

So‘rov telefon orqali 1 500 voyaga yetgan amerikalik o‘rtasida o‘tkazilgan. Raqamlardagi taxminiy xato 2,5 foizni tashkil etishi mumkin.
 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid