Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Maduro bilan telefon orqali suhbatlashishdan bosh tortdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduro bilan suhbatlashishdan bosh tortdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bergan.
Xabar qilinishicha, Maduro 11 avgust kuni Oq uydan Tramp bilan telefon muloqoti o‘tkazish haqida so‘ragan.
Shu bilan birga, Amerika prezidenti ma'muriyatining ta'kidlashicha, Tramp Karakasni konstitutsiya va inson huquqlarini hurmat qilishga, shuningdek, o‘z xalqiga jabr-zulm o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirgan. Biroq Venesuela hukumati Amerika tomoniga quloq solmadi, deya qo‘shimcha qiladi Oq uy.
«AQSh Venesuela xalqini qo‘llab-quvvatlaydi. Prezident Tramp mamlakatda demokratiya tiklanganidan so‘ng Maduro bilan suhbatlashadi», - deyiladi Oq uy xabarida.
Avvalroq Maduro AQSh bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
19:07 / 25.04.2026
AQSh Venesuela hukumatiga Maduroning himoyasi uchun haq to‘lashga ruxsat berdi
09:49 / 24.04.2026
Maduroning ag‘darilishidan 400 ming dollar ishlab olgan AQSh Maxsus kuchlari harbiysi qo‘lga olindi
08:50 / 24.04.2026