Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Si Tszinpin KXDRga qarshi sanksiyalar kuchaytirilganini ijobiy baholashdi
AQSh prezidenti Donald Tramp va XXR raisi Si Tszinpin Koreya yarim orolini yadro qurolidan xoli hududga aylantirish uchun birgalikda harakat qilish tarafdori ekanliklarini ta'kidlab o‘tishdi, deyiladi Oq uy bayonotida.
Ta'kidlanishicha, ikki davlat yetakchilari telefon muloqoti davomida BMTning Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalari kuchaytirilishi “tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun qo‘yilgan muhim qadam” ekanini qayd etishgan.
Shu bilan birga, Tramp va Si KXDR “o‘zining fitna kayfiyatidagi xatti-harakatini” to‘xtatishi lozimligini alohida ta'kidlashgan.
Oq uy bayonotida aytilishicha, Amerika va Xitoy yetakchilari o‘rtasidagi munosabatlar “juda yaqin”, bu esa “Shimoliy Koreya muammosini tinch yo‘l bilan hal qilishga umid beradi”.
Mavzuga oid
08:22 / 19.06.2026
Yevroittifoq Rossiyaga qarshi sanksiyalarni ilk bor bir yilga uzaytirdi
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
09:20 / 17.06.2026
G7 sammiti: Rossiya nefti va gaziga qarshi yangi sanksiyalar tayyorlanmoqda
20:27 / 09.06.2026