Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Egypt Air samolyoti Qohirada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Egypt Air kompaniyasining yo‘lovchi layneri yakshanba kuni Qohira xalqaro aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Bunga sabab sifatida italiyalik yo‘lovchiga favqulodda tibbiy yordam zarur bo‘lgani ko‘rsatilgan. Bu haqida Misr poytaxti aeroporti ma'muriyati vakili xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, samolyot Misrning Sharm-ash-Shayx kurort shahridan Neapolga yo‘l olayotgan paytda yo‘lovchilardan birining ahvoli yomonlashgan. Italiyalik sayyohning qon bosimi keskin ko‘tarilib, burni qonagan. Qonni samolyot bortidagi preparatlar bilan to‘xatishning iloji bo‘lmagan. Ekipaj komandiri Qohira aeroportining parvozlar boshqaruvi punktidan yo‘lovchi hayotini saqlab qolish uchun majburiy qo‘nishni amalga oshirishga ruxsat so‘ragan.
Samolyot qo‘nishi bilan aeroportning tibbiy xodimlar brigadasi italiyalik kishiga shoshilinch yordam ko‘rsatgan. O‘zini yaxshi his qila boshlagach, shifokorlar unga sayohatni davom ettirishga izn berishgan. Oxir-oqibat, layner Sharm ash-Shayx-Neapol reysini 1,5 soatga kechikib amalga oshirgan.
Mavzuga oid
08:19 / 29.06.2026
Misr «Yangi Nil»ni barpo etmoqda: ulkan loyiha mamlakat kelajagini o‘zgartira oladimi?
22:52 / 20.06.2026
Tovlamachilik uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Misrdan ekstraditsiya qilindi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
08:00 / 06.06.2026