Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh harbiy qo‘mondoni Uzoq Sharq o‘lkalarida turne boshladi
Shimol va janubdagi koreyslar o‘rtasida munosabatlar keskinlashib borayotgan bir paytda AQShning oliy martabali harbiysi Jozef Danford Osandagi harbiy-havo bazasiga tashrif buyurdi. Dushanba kuni Koreya yarimoroliga yetib kelgan qo‘mondon Danford Janubiy Koreya prezidenti Mun Jye In hamda shu yerda xizmat qilayotgan AQSh harbiylari bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
AQSh harbiy mulozimi Sikorskiy 2 UH-60 Black Hawks vertolyotida Hamfriy lageriga borib, u joydagi sharoit va tayyorgarlik bilan tanishib chiqishni maqsad qilgan. Qo‘mondon ijtimoiy tarmoqda qoldirgan xabarga ko‘ra, mazkur uchrashuv va tashrif Shimoliy Koreya tomonidan hujum uyushtirilgan taqdirda himoya dasturini ishga tushirish hamda harakatlanish bosqichlarini batafsil kelishib olishdan iborat.
Shundan so‘ng, qo‘mondon Jozef Danford sodiq ittifoqchilaridan biri Yaponiyaga, keyinroq Xitoyga tashrif buyurishni ko‘zlamoqda. AQSh Mudofaa vazirligi Axborot xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, uchta muhim tashrif «Davlat kotibi Reks Tillerson tashabbusi bilan olib borilayotgan diplomatik kelishuvlar hamda kiritilayotgan iqtisodiy sanksiyalar»ning amalda samara berishi uchun o‘tkazilmoqda.
Shimoliy Koreya hukumatining «Guamni yo‘q qilib yuborish» to‘g‘risidagi tahdidiga javoban Yaponiyaning yerda harakatlanib, havodagi raketani urib tushiruvchi «Patriot» (PAC-3) komplekslari mamlakat prefekturalariga joylashtirildi. Lekin, o‘tgan hafta rasmiy Pxenyan uch kompleksning ham joylashgan koordinatasini aniq bilishini, ular Hiroshima, Kochi va Shimanida joylashganini bildirgan edi.
«Shunga qaramay yapon «Patriot» komplekslari yuqori havo qatlamidan uchib o‘tayotgan raketalarni urib tushira olmaydi», deydi xususiy Stretfor razvedka markazi katta tahlilchisi Sim Tek.
Shuningdek, Yapon dengizida ikkita «Aegis» (Tayanch himoya harbiy kemalari) ham favqullodda holatga shay turibdi.
Mavzuga oid
22:26 / 13.12.2018
Putin Uzoq Sharq poytaxtini Vladivostokka ko‘chirdi
11:08 / 11.09.2018
Uzoq Sharqda Rossiya tarixidagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
08:42 / 03.07.2018
Rossiyaning Uzoq sharqida bir kunda 100 ming gektardan ortiq o‘rmon yonib ketdi
11:51 / 13.04.2018