Rossiyaning Uzoq şarq mintaqalarida bir keça-kunduzda 106 ming gektardan ortiq örmonning kuli kökka sovurildi. Uning katta qismi Yoqutistonga töğri keldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti. Bungaça 30 ming gektar örmon yonib ketgan edi. 

"Şu kunlarda Uzoq şarq federal okrugida 6ta yonğin öçoği paydo böldi. Umuman, mintaqa örmonlarida 94 yonğin öçoği mavjud. Şundan 73tasi Saxa respublikasida, 12tasi Magadan viloyatida, qolgani Kamçatka ölkasi, Çukotka AO va Xabarov ölkasidadir. Öt öçiruvçilar sa'y-harakatlari bilan 9tasi bartaraf etildi", — deyiladi xabarda.