Uzoq Şarqda «Vostok-2018» harbiy maşqlari boşlandi, u zamonaviy Rossiya tarixidagi eng yirik maşqlarga aylanadi. Bu haqda RIA «Novosti» Rossiya Mudofaa vazirligining Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentiga tayanib xabar bermoqda.
«Vostok-2018» qöşinlarning harbiy maşğulotlari Rossiyaning Uzoq Şarqida boşlandi», - deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Maşqlar 11-17 sentabr kunlari Rossiyaning Uzoq Şarqida va Tinç okeaniga qöşni suvlarda uşbu mamlakat mudofaa vaziri Sergey Şoygu rahbarligida ötkaziladi. Ta'kidlanişiça, ular sönggi 37 yil içidagi eng katta harbiy maşqlar böladi. Ularda jami 300 ming harbiy, ön minglab zirhli maşinalar, vertolyotlar, samolyotlar va uçuvçisiz uçar qurilmalar qatnaşadi. Şuningdek, Möğuliston va Xitoydan kelgan harbiylar maşqlarga qöşilişi kutilmoqda.
Mudofaa vazirligidan xabar berişlariça, «Vostok-2018»da Rossiya mudofaasini ta'minlaş uçun qöşin guruhlarining turli usullari işlab çiqiladi. Rossiya harbiy mahkamasidan aniqlik kiritişlariça, maşqlar uzoq masofalarda qöşinlarning qayta guruhlanişini rejalaştiriş va amalga oşirişda harbiy boşqaruv organlari tayyorgarligini tekşiriş uçun zarurdir. Şuningdek, maşqlarda quruqlik guruhlari bilan harbiy-dengiz kuçlari örtasidagi özaro hamkorlikni taşkil etişga e'tibor qaratiladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Putin «butun dunyoga kuçli signal» bölgan maşqlarga borişi xabar berilgandi.












