«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi va S7 Airlines aviakompaniyasi örtasida imzolangan Kod-Şer kelişuvi asosida MAK yölovçilari Toşkent va Namangandan töğridan-töğri Rossiya Federatsiyasining Uzoq Şarqida joylaşgan - Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk, Vladivostok kabi şaharlariga va ortga parvoz qilişlari mumkin. Bu haqda MAK axborot xizmati xabar berdi.

Muntazam qatnovlar S7 Airlines aviakompaniyasi bilan hamkorlikda Novosibirsk şahri aeroporti orqali amalga oşiriladi.

Toşkentdan Janubiy-Saxalinsk, Xabarovsk va Vladivostok şaharlariga qatnovlar duşanba, payşanba va şanba kunlari, şuningdek, Namangan şaharlariga va ortga duşanba kunlari bajariladi.