Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Devid Linch “Tvin Piks”ning yangi qismini mashhur musiqachiga bag‘ishladi
Rejissyor Devid Linch “Tvin Piks”ning yangi seriyasini Devid Bouiga bag‘ishladi, deb xabar bermoqda The Guardian.
Boui “Tvin Piks: Olovlardan o‘tib” (1992) filmi – asl serialning prikvelida suratga tushgan. U Federal qidiruvlar byurosi agenti Filipp Jyeffris rolini ijro etgandi.
Aktyor Harri Goazning so‘zlariga ko‘ra, Boui yangi “Tvin Piks”da paydo bo‘lishi mumkin edi, biroq o‘z sahnalarida rol ijro etishga ulgurmadi (musiqachi 2016 yilning yanvarida hayotdan ko‘z yumgan).
Ammo Linch Jyeffrisni yangi mavsumga qo‘shish imkonini topdi. U buning uchun arxiv materiallaridan foydalandi.
Avvalroq Devid Linch zamonaviy kinosanoatdan hafsalasi pir bo‘lgani va 2006 yilda chiqqan to‘liq metrajli filmi – “Ichki imperiya” eng so‘nggi asari bo‘lib qolishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:08 / 17.01.2025
Amerikalik rejissyor Devid Linch vafot etdi
19:14 / 05.05.2017
Dunyoga mashhur rejissyorlardan biri kinodan ketishi haqida ma'lum qildi
19:19 / 22.12.2016
"Vikipediya"da 2016 yilda eng ko‘p tahrir qilingan maqolalar aniqlandi
08:14 / 13.10.2016